- Siqilishga mustahkamlik
- ≥ 4 MPa
- Egilishga mustahkamlik
- ≥ 2,0 MPa
- Sertifikat bo'yicha
- G-4 A II
Umumiy qurilish ishlari, suvoq aralashmalari
Batafsil →
Farg'ona viloyati · 2010 yildan beri
Mayinligi, uzoq qotishi va yorilib ketmasligi bilan ajralib turadigan G-4, G-5, G-6 va G-7 markali qurilish gipsi. Shpatlyovka tayyorlash uchun juda qulay.
Kompaniya haqida
Eurogips — Star Genius MChJ savdo belgisi. Zavodimiz Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumani, Sho'rsuv shaharchasida joylashgan. Gips toshini o'z konimizdan qazib olamiz, kuydiramiz, maydalaymiz va qadoqlaymiz.
Butun zanjir bitta joyda bo'lgani uchun xomashyo sifati va narxi barqaror, yetkazib berish esa oldindan rejalashtiriladi.
Mahsulotlar
Mustahkamlik ko'rsatkichlari GOST 125-2018 standarti bo'yicha minimal qiymatlar. Har bir partiya uchun sifat pasporti beriladi.
Oqlik darajasi odatda 85% dan yuqori. Toza gips toshidan olingan kukun — finish shpatlyovka va dekor uchun ayniqsa muhim.
Bir xil mayin tuyilgan kukun — aralashma silliq chiqadi, yuzada donachalar qolmaydi.
GOST 125-2018 bo'yicha G-7 gacha mustahkamlik — har partiya laboratoriyada tekshiriladi.
Sekin qotish xususiyati ustaga ishlash uchun ko'proq vaqt beradi — shpatlyovka idishda tez qotib qolmaydi.
Qurigandan keyin yuzada darz va yoriqlar paydo bo'lmaydi — devor tekis va silliq qoladi.
Mayinligi, uzoq qotishi va yorilmasligi tufayli shpatlyovka tayyorlash uchun ideal xomashyo.
Umumiy qurilish ishlari, suvoq aralashmalari
Batafsil →Rotband, shtukaturka va shpatlyovka ishlab chiqarish
Batafsil →Quruq qurilish aralashmalari, gipsokarton, gips bloklar
Batafsil →Yuqori sifatli finish shpatlyovka, dekor buyumlar, sanoat
Batafsil →Kalkulyator
Mahsulotingiz turini va oylik ishlab chiqarish hajmini kiriting — kerakli gips miqdori, vagon va qoplar sonini hisoblab beramiz.
Gips ulushi taxminiy. Aniq retseptingizni bilsangiz, foizni o'zingiz o'zgartiring.
Retseptlar
Quruq aralashmalar ishlab chiqaruvchilar uchun namunaviy tarkiblar: har bir komponentning aralashmadagi ulushi (og'irlik bo'yicha %). Bular boshlang'ich nuqta — aniq dozalar laboratoriyada xomashyo va qo'shimchalarga qarab sozlanadi.
Tavsiya etiladigan marka: G-5 B II / G-6 V III
Tavsiya etiladigan marka: G-5 B II
Tavsiya etiladigan marka: G-6 V III
Tavsiya etiladigan marka: G-6 V III
Manba: Kima Chemical, gipsli aralashmalar uchun namunaviy tarkiblar. kimacellulose.com · Retseptni sozlashda yordam kerakmi? Bepul namuna beramiz.
Sertifikat
Eurogips qurilish gipsi O'zbekiston Milliy sertifikatlash tizimida ro'yxatdan o'tgan va GOST 125-2018 talablariga mos keladi. Sinovlar akkreditatsiyalangan laboratoriyada o'tkazilgan.
Laboratoriya
Har bir partiya o'z laboratoriyamizda sinovdan o'tadi va sifat pasporti hamda sifat hujjati bilan yetkaziladi. Sifatimizni UzTest davlat laboratoriyasi ham mustaqil tasdiqlagan.
Partiya №3 · G-7 A II ishlab chiqarilgan: 27.06.2026
| Ko'rsatkich | GOST 125-2018 (G-7 A II) | Haqiqiy natija |
|---|---|---|
| Qotish boshlanishi | kamida 2 daq | 6 daq |
| Qotish oxiri | ko'pi bilan 15 daq | 12 daq |
| 0,2 mm elakdagi qoldiq | ko'pi bilan 14% | 1,8% |
| Egilishdagi mustahkamlik | kamida 3,5 MPa | 3,5 MPa |
| Normal quyuqlik | — | 64% |
| Oqlik darajasi | — | 85–87% |
UzTest · Protokol №1185S · G-6 V III mustaqil davlat laboratoriyasi, 21.04.2022
| Ko'rsatkich | GOST 125-2018 (G-6) | Haqiqiy natija |
|---|---|---|
| Siqilishdagi mustahkamlik (2 soat) | kamida 6,0 MPa | 6,2 MPa |
| Egilishdagi mustahkamlik (2 soat) | kamida 3,0 MPa | 3,3 MPa |
| Qotish boshlanishi | kamida 20 daq | 21 daq |
| Qotish oxiri | me'yorlanmaydi | 26 daq 32 s |
| 0,2 mm elakdagi qoldiq | ko'pi bilan 2% | 1,7% |
Sifat pasporti va sifat hujjati har bir jo'natma bilan beriladi. Namunaviy pasportni so'rov bo'yicha yuboramiz.
Hujjatlar
Sertifikat, sinov protokoli, tijorat taklifi va har bir marka uchun texnik varaq — bir joyda.
Qadoqlash
Jarayon
O'z konimizdan gips toshi qazib olinadi va zavodga tashiladi.
Tosh maydalanadi va tegirmonda mayin kukun holiga keltiriladi.
Kukun termik ishlovdan o'tadi — G-4 dan G-7 gacha marka shu bosqichda shakllanadi.
Har partiyadan namuna olinib, mustahkamlik, qotish vaqti va maydalik tekshiriladi.
Gips 35 yoki 40 kg qoplarga, big-bagga solinadi yoki silosdan to'g'ridan-to'g'ri rassipnoy yuklanadi.
Tayyor mahsulot avtomobil yoki temir yo'l orqali O'zbekiston va qo'shni davlatlarga jo'natiladi.
Hamkorlarimiz
Eurogips gipsi O'zbekistondagi gipsokarton va quruq qurilish aralashmalari zavodlari uchun doimiy xomashyo bo'lib xizmat qiladi.







Yetkazib beramiz:
Eksport
Ishlab chiqarishimizning qariyb 30 foizi qo'shni davlatlarga eksport qilinadi. Avtomobil va temir yo'l orqali jo'natamiz.
Qozog'istonga asosan DAP shartida Saryag'och temir yo'l stansiyasigacha yetkazib beramiz.
Masofalar taxminiy (OpenStreetMap ma'lumotlari asosida). Yetkazish muddati va narxi transport turi va manzilga qarab so'rov bo'yicha hisoblanadi.
Shartlar
Kichik partiyadan vagon va oylik shartnomagacha.
Bank orqali, shartnoma va hisob-faktura asosida.
Sinov uchun namuna beramiz — laboratoriyangizda tekshirib ko'ring.
O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston bo'ylab.
Dilerlar uchun
Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston viloyatlarida hamkor qidiryapmiz. Zavod narxi, barqaror hajm va har partiyaga sertifikat bilan ta'minlaymiz.
Fotogalereya








Savol-javob
Narx marka, hajm, qadoqlash turi va yetkazib berish manziliga bog'liq. Ariza qoldiring yoki qo'ng'iroq qiling — tijorat taklifini tayyorlab yuboramiz.
Ha, minimal buyurtma cheklanmagan. Kichik partiyadan tortib vagon va doimiy oylik yetkazib berishgacha ishlaymiz.
Ha, namunani bepul beramiz. Uni o'z laboratoriyangizda yoki ishlab chiqarishingizda sinab ko'rishingiz mumkin.
Bank orqali pul o'tkazish yo'li bilan, shartnoma va hisob-faktura asosida.
Ha. Eurogips gipsi GOST 125-2018 bo'yicha sertifikatlangan (UZ.SMT-01-0103-36234, 20.05.2028 gacha amal qiladi). Sertifikat nusxasini shu saytdan yuklab olish mumkin.
Ha. Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonga avtomobil va temir yo'l orqali jo'natamiz. Mahsulotimizning qariyb 30 foizi eksportga ketadi.
Shpatlyovka va rotband uchun ko'pincha G-5 va G-6, yuqori sifatli finish aralashmalar uchun G-7 olinadi. Retseptingizni ayting — mos markani tavsiya qilamiz.
Har kuni 08:00 dan 18:00 gacha telefon, WhatsApp yoki Telegram orqali.
Aloqa
Marka, hajm va yetkazib berish manzilini yozing — tijorat taklifini tayyorlab yuboramiz.